Vladimir Putin "Sun'iy intellekt olamiga sayohat" konferensiyasida inson umri tarih davomida qanchalik o'zgarganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, bir paytlar odamlar 20–35 yil yashagan bo'lsa, keyinchalik ayrim mamlakatlarda o'rtacha yosh 35, 45 va 50 yilgacha oshgan. Bugungi kunda esa bir qator davlatlarda bu ko'rsatkich 80 yoshga yetgan.
Putin Rossiya ham o'rtacha umr ko'rish davomiyligini oshirish bo'yicha aniq maqsadlar qo'yganini aytdi. "Balkim, 150 yilga ham yetkazish mumkindir. Lekin bu hamisha kam bo'ladi, xuddi pul kabi", — dedi u.
Uning fikricha, asosiy masala necha yil yashash emas, balki "qanday va qanday maqsadda yashash" hisoblanadi. Bu savollarga esa an'anaviy qadriyatlar javob berishi mumkinligini qo'shimcha qildi.
Eslatib o'tamiz, shu yil sentyabr oyida Pekindagi tadbir oldidan Putin va Xitoy raisi Si Jinpin texnologiyalar yordamida umr davomiyligini uzaytirish imkoniyatlarini muhokama qilgan edi. Si prognoziga ko'ra, bu asrda 150 yoshgacha yashash ehtimoli mavjud.
Putin hozir 72 yoshda. 2020 yilda Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartishlar tufayli u 2036 yilgacha prezidentlikda qolishi mumkin.






