AsosiyDunyo

Rossiya AQSHdan hech qanday rasmiy xabar olmagan

Mariya Zaxarovaga ko'ra, bu haqidagi xorijiy OAV xabarlari ishonchli manbaga tayanilmagan bo'lishi mumkin.

'Rossiya AQSHdan hech qanday rasmiy xabar olmagan'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Vashingtondan Ukraina bo‘yicha qandaydir kelishuvlar tayyorlanayotgani haqida rasmiy tarzda ma’lumot berilmagan. U xorijiy OAVda paydo bo‘layotgan materiallar aslida pullik buyurtma maqolalar bo‘lishi ehtimolini ta’kidlagan.

“AQShda bunday masalalarni muhokama qilish uchun rasmiy kanallar bor. Shu kanallar orqali ish yuritish kerak”, — degan Zaxarova.

Avvalroq “Politico” nashri Oq uy manbalariga tayanib, Ukraina bo‘yicha kelishuv shu haftaning o‘zida barcha tomonlar tomonidan muhokama qilib olinishi mumkinligini yozgan edi. “Axios” ham AQSh va Rossiya manbalariga tayanib, mojaroni bartaraf etish yuzasidan yangi reja ishlab chiqilganini xabar qilgan.

Manbalarga ko‘ra, Vashington frontdagi vaziyat va korruptsiya mojarolari sabab bosim ostida turgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning roziligiga umid qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar