AsosiyDunyo

Dunyo boʻyicha qashshoqlik chegarasida yashayotgan bolalar necha nafarga yetgani ochiqlandi

Eng yuqori ko'rsatkichlar Afrika va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.

'Dunyo boʻyicha qashshoqlik chegarasida yashayotgan bolalar necha nafarga yetgani ochiqlandi'ning rasmi

BMTning Bolalar jamg'armasi — UNICEF tomonidan e'lon qilingan yillik hisobotga ko'ra, hozirda butun dunyo bo'yicha qariyb 417 million bola qashshoqlik chegarasida yashaydi deydi Zamon.uz nashri.

Tahlillarda qayd etilishicha, 118 million bola uch yoki undan ortiq, 17 million bola esa to'rt va undan ko'p turdagi muhim ehtiyojlardan mahrum holada hayot kechirmoqda.

Hisobotda ta'kidlanishicha, toza ichimlik suvi, profilaktik tibbiy xizmat, sifatli ta'lim kabi asosiy ehtiyojlarning yetishmasligi millionlab bolalarni chuqur qashshoqlikka olib kelmoqda. Bu esa past va o'rta daromadli davlatlarda har beshinchi bola og'ir sharaitlarda yashayotganini anglatadi.

UNICEF ma'lumotlariga ko'ra, bolalar o'rtasidagi eng yuqori darajadagi qashshoqlik Janubiy-Sharqiy Afrika va Janubiy Osiyo mintaqalarida kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, hisobotda so'nggi o'n yillikda ayrim ijobiy o'zgarishlar ham qayd etilgan: 2013 yilda bolalarning 51 foizi kamida bitta og'ir mahrumlikka duch kelgan bo'lsa, 2023 yilga kelib bu ko'rsatkich 41 foizgacha kamaygan. UNICEF buni bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlarning natijasi sifatida baholaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:42

    Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi

    Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.

    'Isroil Livon janubidagi "Hizbulloh" nishonlariga yana zarbalar berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:22

    Isroil Livon janubidagi "Hizbulloh" nishonlariga yana zarbalar berdi

    18 noyabr kuni Isroil armiyasi Livan janubida joylashgan "Hizbulloh" harakatiga tegishli harbiy ob'ektlarga havodan zarbalar yo'lladi.

    'Rossiya AQSHdan hech qanday rasmiy xabar olmagan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:04

    Rossiya AQSHdan hech qanday rasmiy xabar olmagan

    Mariya Zaxarovaga ko'ra, bu haqidagi xorijiy OAV xabarlari ishonchli manbaga tayanilmagan bo'lishi mumkin.

    'Qozog‘istonda virus keskin oshdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:18

    Qozog‘istonda virus keskin oshdi

    Bir qancha maktablar masofaviy ta'limga o‘tdi.

    'Putin: “O‘rtacha umr davomiyligini 150 yilga yetkazish mumkin”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:41

    Putin: “O‘rtacha umr davomiyligini 150 yilga yetkazish mumkin”

    Rossiya prezidenti sun'iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar insoniy umrni jiddiy uzaytirish imkoniyatini berayotganini aytib, 150 yil yashash ehtimolini ham tilga oldi.

    'AQSh Saudiyani "NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi" deb e'lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 19.11.2025 20:34

    AQSh Saudiyani "NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi" deb e'lon qildi

    Trump Saudiya bilan strategik mudofaa shartnomasini imzolab, Qirollikka rasman MNNA — “NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi” maqomini berdi.