AsosiyDunyo
5148

Amerikalik o`smir uyida bezatilgan rojdestvo archasini qulatgan bug`uni otib o`ldirdi (Video)

AQShning Merilend shtatidagi Uolkersvill shahrida yashovchi Rayan Manchester o`zining Tvitterida tasodifan uyiga kirib qolib, rojdestvo archasini qulatgan bug`uni otib o`ldirgani aks etgan videoni namoyish qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, bug`uning uyga bostirib kirishiga endigina o`rnatilgan yangi archaning hidi sabab bo`lgan. Hayvon eshik oynasini sindirib, mehmonxonaga kirgan. Uning xonaga bostirib kirishini Manchester videoga oldi.

Bug`u archani qulatgandan keyin Manchester itini vannaga qamadi va ikkinchi qavatda joylashgan xonasiga yugurib chiqib, qutqaruv xizmatiga qo`ng`iroq qildi.

O`smir 911 ga qo`ng`iroq qilgandan keyin bug`uni otib o`ldirishga qaror qildi. U otasiga qo`ng`iroq qilib, qurol saqlanadigan seyfning kaliti qaerdaligini aniqladi. Smith & Wesson rusumli  to`pponcha bilan qurollangan , Manchester yana mehmonxonaga qaytdi.

Nashrga bergan intervyusida Manchester bug`uga qarata ikki marotaba o`q uzganligini, ikkinchi o`q hayvonning elkasiga tekkanligini ma`lum qilgan.

Ko`p o`tmay, Manchesterning xonadoniga polisiya va hayvonlarni nazorat qilish tashkiloti a`zolari etib keldi. Polisiyachilar Rayanning otasiga tegishli to`pponchasi  rasman qayd etilganini tekshirib, o`smirning arizasini qabul qildi.

Tvitterda Rayanning bu harakati “zo`r ish”, deb baholandi.

Boshqa yangiliklar