Xitoyning Yunnan provinsiyasida ertalab sodir bo'lgan temiryo'l hodisasi oqibatida 11 ishchi halok bo'ldi, yana ikkilanafari jarohatlandi.
"South China Morning Post"ning yozishicha, seysmik uskunalarni sinovdan o'tkazish uchun ishlatilgan "№55537" sinov poyezdi Kunmingdagi Luoyangzhen stansiyasi yaqinida qurilishda ishlayotgan ishchilar bilan to'qnashib ketgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, hodisa temiryo'l chizig'ining egri qismida ish olib borilayotgan paytda yuz bergan — poyezd to'g'ridan-to'g'ri ishchilar ustiga borib urilgan.
Voqea joyiga tezkor qutqaruv guruhlari jalb etildi va favqulodda vaziyat rejimi ishga tushirildi.
Kunming temiryo'l boshqarmasi halok bo'lganlar xotirasi va ularning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi. Qutqaruv ishlari tugagach, stansiya faoliyati tiklandi. Hodisa bo'yicha tergov davom etmoqda.






