Tennichi Kamilla Rahimova O‘zbekiston fuqaroligini olib, endi rasman mamlakat nomidan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi. Bu haqda Tennis federatsiyasining matbuot xizmati ma’lum qilmogda.
So‘nggi yillarda 24 yoshli Kamilla Rahimova dunyo tennisining eng barqaror va professional ravishda rivojlanayotgan o‘yinchilaridan biriga aylangan.
Uning yutuqlari orasida — yakkalikda eng yuqori reyting: dunyo 60-o‘rni (2024 yil 30 dekabr), juplikda eng yuqori reyting: dunyo 51-o‘rni (2025 yil 25 avgust), juplikda 3 WTA turnir g‘olibligi, yakkalikda WTA 125 turnirda g‘alaba, shuningdek, juftlikda yana bir necha g‘alabalar mavjud.
Hozirgi mavsumda Kamilla Rahimova yuqori natijalar ko‘rsatishda davom etmogda: oxirgi yutuqlari orasida — 2025 yil avgustida Sinsinnatidagi nufuzli WTA 1000 turnirida juplikda chorak finalga chiqishi.
2025 yil 28 noyabrdagi reyting yangilanishiga ko‘ra, sportchi yakkalikda WTA reytingida 109-o‘rnini egallaydi.
“Kamilla Rahimovaning O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shilishi tarixiy voqea. U o‘zini kuchli va raqobatbardosh tennischi sifatida ko‘rsatgan, dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari bilan tengma-teng o‘yna oladi. Biz Kamillani terma jamoa tarkibida ko‘rganimizdan mamnunmiz va oldinda — yorqin g‘alabalar, katta yo‘l va yangi rekordlar borligiga ishonamiz”, — dedi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Kamilov.






