AsosiyJamiyat

Gulistondagi portlash qurbonlari oilasiga moddiy yordam beriladi

Prezident mas’ullarga jabrlanganlarga zarur barcha tibbiy yordam ko‘rsatilishini qat’iy nazoratga olish boyicha topshiriq berdi.

'Gulistondagi portlash qurbonlari oilasiga moddiy yordam beriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyati filialiga bordi. 

Bu yerda ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlashi oqibatida jarohat olganlar davolanmoqda.

Markaz rahbariyati va shifokorlar Prezidentimizga bemorlarning ahvoli va davolash jarayonlarining borishi haqida axborot berdi. Davlatimiz rahbari baxtsiz voqeada turli darajada tan jarohati olgan fuqarolar davolanayotgan palatalarga kirib, ulardan xabar oldi, oila a’zolari bilan suhbatlashdi.

Prezidentimiz mutasaddilarga jabrlanganlarga zarur barcha tibbiy yordam ko‘rsatilishini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha topshiriq berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga moddiy yordam ko‘rsatish zarurligini qayd etdi.

Topshiriqqa ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr ko‘rganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda.

Mas’ullar oldiga sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini puxta o‘rganish, qonun ustuvorligini ta’minlash, kelgusida bunday holatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi ustidan nazorat ishlarini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:42

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:07

    'Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:07

    Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    Turdimov ushbu lavozimga viloyat Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ovoz berish natijalariga ko‘ra tasdiqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:48

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:10

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:21