5 dekabr soat 09:00 da avtomatik monitoring stantsiyalari ma'lumotlariga ko'ra, Toshkent havosi dagi PM10 miqdori 88,5 mkg/m³ ni tashkil etdi va belgilangan me'yordan oshmagan.
Biroq PM2.5 ko'rsatkichi 64 mkg/m³ bo'lib, amaldor me'yor — 60 mkg/m³ dan 1,07 baravar yuqori ekani aniqlandi.
Mutasaddilarning ta'kidlashicha, havodagi mayda zarrachalarning o'sishiga tez o'zgaruvchan harorat ham ta'sir ko'rsatmoqda. O'zgidromet inversiya jarayoni yuzaga kelganini, bunda mayda zarrachalar atmosferada "to'planib" qolishi ortidan ko'rsatkichlar oshishi qayd etilganini ma'lum qildi.






