AsosiyJamiyat

Andijonda buzilgan tandirning pulini hokim to‘lab berdi

Avvalroq, Shahrixon tumanida hokim ko‘rsatmasiga asosan, ko‘chada somsa pishirilayotgan tandirlar buzib tashlanganigi haqida xabar bergan edik.

'Andijonda buzilgan tandirning pulini hokim to‘lab berdi'ning rasmi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida o‘tkazilgan ekologik reyd vaqtida buzilgan tandirning qiyimati tuman hokimi tomonidan qoplab berilgan. Bu haqda Shahrixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Rahmatillo Razzakov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tuman hokimi ko‘rsatmasi bilan umumiy ovqatlanish ob’ektlarida yo‘l chetida noqonuniy o‘rnatilgan tandirlar bo‘yicha reyd o‘tkazilgan. Tadbir davomida bitta tandir buzilgan, yana ikkita tandir esa ichkariga ko‘chirilib, hozirda foydalanilmoqda. "Buzilgan tandir pulini hokim o‘z cho‘ntagidan to‘lab berdi", — dedi Razzakov.

Biroq tuman hokimligi o‘zining rasmiy sahifalarida e’lon qilgan videoda uchta turli ko‘rinishdagi tandirning buzilgani aks etgan, bu esa rasmiy ma’lumotlar bilan farq qiladi.

    Boshqa yangiliklar