Farg‘ona viloyatida noyabr oyida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlandi va musodara qilindi. Farg‘ona viloyati IIB, DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda umumiy qiymati 7 milliard so‘mdan oshadigan 30 kg dan ortiq, ya’ni 60 ming doza giyohvandlik vositalari qo‘lga olindi.
Shuningdek, kuchli ta’sir qiluvchi 17 ming 91 dona dori vositalari ham aniqlandi va ekspertlar hisobiga ko‘ra, taxminan 20 mingga yaqin fuqarolarning zaharlanishi oldi olindi.
Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi tezkor-profilaktik tadbirlar hududda davom ettirilmoqda.






