AsosiyJamiyat

Qozog‘istondagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Holat bo‘yicha O‘zbekiston FVV rasmiy ma’lumot berdi.

'Qozog‘istondagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi'ning rasmi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus ag‘arilishidan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarga ko‘ra, YTH 7 dekabr kuni soat 08:57 da, Aqto‘be viloyati, Aytekebi tumanidan o‘tgan Respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 1028-kilometrida sodir bo‘lgan. Perm—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusi yon tomonga ariqqa ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusda bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni vatanga olib kelish va ularning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda har tomondan yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha zarur chorani ko‘rmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, hozirda FVVning mas’ul xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda 2 nafar talaba 520 gr "o‘lim dorisi" bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 07.12.2025 19:59

    Toshkentda 2 nafar talaba 520 gr "o‘lim dorisi" bilan qo‘lga tushdi

    Narkokuryerlik bilan shug‘ullanib kelgan 1-bosqich talabalari 2600 ta dozaga teng bo‘lgan dori bilan ushlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.12.2025 19:02

    'Samarqanddagi "Qorasuv" suv ombori butunlay quridi'ning rasmi

    Jamiyat 07.12.2025 18:22

    Samarqanddagi "Qorasuv" suv ombori butunlay quridi

    Ekologlar ombor qurilishining sabablarini aytdi. Unga ko‘ra...

    'O'zbekistonda yana yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat 07.12.2025 17:21

    O'zbekistonda yana yer qimirladi

    Epitsentr Pop tumani. Bu safargi yer silkinishi 3 ballni tashkil etdi.

    'Xalqaro qidiruvda boʻlgan qotil Misrdan Oʻzbekistonga deport qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 07.12.2025 13:58

    Xalqaro qidiruvda boʻlgan qotil Misrdan Oʻzbekistonga deport qilindi

    Interpol hamkorligida jinoyiy javobgarlikdan qochgan shaxs ushlab olib kelingdi.

    'Farg‘onada umumiy qiymati 7 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 07.12.2025 12:51

    Farg‘onada umumiy qiymati 7 mlrd so‘mlik giyohvandlik vositalari aniqlandi

    30 kgdan ortiq narkotik modda va 17 mingdan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tezkor tadbirda musodara qilindi.