AsosiyJamiyat

Samarqanddagi "Qorasuv" suv ombori butunlay quridi

Ekologlar ombor qurilishining sabablarini aytdi. Unga ko‘ra...

'Samarqanddagi "Qorasuv" suv ombori butunlay quridi'ning rasmi

Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan "Qorasuv" suv ombori tubidan qurib qolganligi kuzatilmoqda. 26,9 million kub metr suv sig'imiga ega bo'lgan ombor odatda 8 100 gektar maydonni sug'orish imkonini berar edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yil may oyida omborda 42,1 million kub metrgacha yaqin suv to'plangan edi. Biroq sun'iy yo'ldosh tasvirlariga ko'ra, hozirda ombor amalda suvsiz holatga kelgan.

Ekologlarning aytishicha, bu holat sug'orish mavsumidagi ortiqcha suv sarfi, havo haroratining keskin oshib ketishi hamda yomg'irli kunlar sonining kamayishi bilan bog'liq.

    Boshqa yangiliklar