AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonning qo‘biz va o‘tovi UNESCO ro‘yxatiga kiritildi

Ikkita noyob madaniy meros elementi xalqaro e'tirofga sazovor bo'ldi.

'Qoraqalpog‘istonning qo‘biz va o‘tovi UNESCO ro‘yxatiga kiritildi'ning rasmi

Hindistonning Nyu-Delhi shahrida o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 20-sessiyasida Qoraqalpog‘istonning ikki betakror qadriyati — qo‘biz va o‘tov YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritildi.

Bu e’tirof mahalliy an’analarimizning chuqur ildizlari, madaniy merosimizning qudrati hamda avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yana bir bor tasdiqlaydi. Mazkur jarayonda o‘z hissasini qo‘shgan ustalar, tadqiqotchilar va an’analarimiz himoyachilariga minnatdorlik bildirildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qo‘biz san’ati va o‘tov yasash an’analari nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun O‘zbekiston madaniy o‘zligining ajralmas qismi bo‘lib, ularni xalqaro miqyosda e’tirof etilishi milliy merosimizni yanada keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar