AsosiyJamiyat

Тошкентга олиб келинган қарийб 3 кило гашиш йўлда тўхтатиб қолинди

Hodisa yuzasidan ikki nafar shaxs hibsga olingan.

'Тошкентга олиб келинган қарийб 3 кило гашиш йўлда тўхтатиб қолинди'ning rasmi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida Andijonda o‘tkazilgan tezkor reydda “Lacetti” avtomobilidan kontrabanda yo‘li bilan olib kiritilgan giyohvandlik vositasi topildi. Hodisa yuzasidan ikki shaxs hibsga olingan.

Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi YPX maskanida DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Andijon–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida mashinani boshqarayotgan, 1984 yilda tug‘ilgan J.R.ga tegishli 2 kg 994 gramm “gashish” borligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Reyd davom ettirilib, uning jinoyiy sherigi sifatida gumonlangan, 1993 yilda tug‘ilgan G‘.N. ham qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ular giyohvandlik vositasiini Qirg‘izistondagi sotuvchilardan 23 ming dollarga sotib olib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirgan va Toshkentda sotmoqchi bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan JKning 28,246-modda 2-qismi hamda 25,273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchilarga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar