AsosiyJamiyat

Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”lar o‘chsa, gaz konteynerlar orqali yetib boradi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, 2025–2026 yilgi qish mavsumida vodiyadagi gaz taqchilligini bartaraf etish uchun ikki yechim ishlab chiqildi.

'Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”lar o‘chsa, gaz konteynerlar orqali yetib boradi'ning rasmi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 11 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hisobot berib, Farg‘ona vodiysidagi avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida (AGQS) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni bartaraf etish chorasi haqida ma’lumot berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, yangi tashabbus ikki yo‘nalishda amalga oshirilmoqda: birinchisi, qo‘shni davlatdagi tranzit trubalar orqali gaz ta’minotini yaqinroq masofadan ta’minlash; ikkinchisi, 150 ta ko‘chma gaz quyish shoxobchalari orqali zarur kub metrda gaz yetkazib berish.

“22 dekabrgacha Beshariqdagi shoxobcha to‘liq ishga tushadi. Hozir texnologik uskunalar va konteynerlar olib kelinyapti. Bu tizim orqali gaz zapravka o‘chgan paytda ham 5 mingdan 10 ming kub metrgacha gaz yetkazish imkoni paydo bo‘ladi”, — dedi Mirzamahmudov.

Hozirda 14 ta AGQS bilan tizim sinab ko‘rilgan va 22 dekabrdan keyin Farg‘ona vodiysida zahira sifatida joriy qilinadi. Bu choralar qish mavsumida metan taqchilligining oldini olishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar