AsosiyDunyo

AQSH Eronga yana zarpa beradimi?

Bunga Eron rahbariyatining Vashington bilan kelishuvga erishishdan bosh tortishi va raketa dasturini davom ettirishi sabab qilib ko‘rsatildi.

'AQSH Eronga yana zarpa beradimi?'ning rasmi

Donald Trump agar Eron rahbariyati Vashington bilan kelishuvga erishishdan bosh tortsa va raketa dasturini davom ettirsa, Tehronga yana zarba berishi ehtimolligi mavjudligini ma'lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

Trumpning so‘zlariga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlarining Fordov, Natanz va Isfahondagi Eron yadroviy inshootlariga qaratilgan avvalgi zarbalari Yaqin Sharqda muhim kelishuvga erishish uchun zarur bo‘lgan. U Eron yadroviy dasturi qayta tiklanishi uchun vaqt talab etilishini, biroq kelishuvsiz qayta tiklashga urinish bo‘lsa, AQSh bu jarayonni yana yo‘q qilishga qodir ekanligini ta'kidladi.

"Eron yadroviy dasturini davom ettirishga urinishi mumkin. Ular tiklanishi uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi. Ammo agar ular biz bilan kelishuvsiz bu yo‘lni tanlasalar, biz uni yana yo‘q qilamiz. Ularning raketalarini juda tez yo‘q qila olamiz", dedi Trump.

    Boshqa yangiliklar