AsosiyDunyo

AQSh kuchlari Eronga ketaotgan kemani tutib, uning harbiy yukini qo'lga oldi

Ushbu operatsiya Eronning harbiy arsenalini qayta tiklashiga yo'l qo'ymaslik uchun amalga oshirilgani aytildi.

'AQSh kuchlari Eronga ketaotgan kemani tutib, uning harbiy yukini qo'lga oldi'ning rasmi

AQSh harbiylari Xitoydan Eronga ketayotgan yuk kemasini tutib oldi va u olib ketayotgan harbiy yukni qo'lga oldi. Bu haqda The Wall Street Journal AQSh rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Gazetaning manbalariga ko'ra, kema Hind okeanida, Shri-Lanka qirg'oqlari yaqinida to'xtatilgan. Operatsiya Eronga harbiy arsenalini qayta tiklashiga yo'l qo'ymaslik uchun amalga oshirildi; yuk yo'q qilindi, shundan so'ng kemaga belgilangan joyga borishga ruxsat berildi.

Bir necha kun oldin AQSh Venesuela va Erondan sanksiyalangan xom neft olib ketayotgan neft tankerini to'xtatdi. Pentagon kotibi Pit Xegsetning aytishicha, kema xavfsiz tarzda tutib olingan. Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Xil Pinto voqeanini "qaroqchilik harakati" deb atadi, mamlakat rasmiylari buni keskin qoraladi.

    Boshqa yangiliklar