AsosiyDunyo

Тайланд ва Камбоджа ўт очишни тўхтатишга келишиб олди

Bu haqda Oq uy rahbari o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.

'Тайланд ва Камбоджа ўт очишни тўхтатишга келишиб олди'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Tailand va Kambodja Bosh vazirlari – Anutxin Chanvirakun va Xun Manet bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Amerika yetakchisining aytishicha, ikki davlat rahbarlari kecha, 12 dekabr tunidan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Trumpning ta’kidlashicha, tomonlar oktyabr oyida tuzilgan tinchlik kelishuviga rioya etishga tayyor.

“Anutxin va Xun bilan (ikki ajoyib va rivoq topayotgan davlat o‘rtasida) yirik urushga aylanishi mumkin bo‘lgan vaziyatni hal qilish ustida ishlash men uchun sharaf bo‘ldi”, deya yozgan AQSh Prezidenti. 

Trump, shuningdek, mojaroni tartibga solishda ko‘rsatgan yordami uchun Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimga minnatdorlik bildirgan. 

    Boshqa yangiliklar