AsosiyJamiyat

"Gryaz" laqabli uyushgan jinoyiy guruh yetakchisi Turkiyada ushlanadi

Hozirda qo‘lga olingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirilgan.

'"Gryaz" laqabli uyushgan jinoyiy guruh yetakchisi Turkiyada ushlanadi'ning rasmi

Jinoyiy uyushma tashkil etish, bosqinchilik va tovlamachilikda ayblangan 32 yoshli o‘zbekistonlik Turkiya hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

IIV, Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida xavfli jinoyatchi qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyiy doirada “Gryaz” laqabi bilan tanilgan, 1993 yilda tug‘ilgan Yo.M. joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Ma’lum qilinishicha, ushlangan shaxs respublika hududida bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etgan uyushgan jinoyiy guruhga rahbarlik qilgan. 2023 yilda Yashnobod tumani IIB FMB tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan: — 112-moddaning 2-qismi (o‘ldirish yoki zo‘rlilik ishlatish bilan qo‘rqitish); — 164-moddaning 4-qismi (uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bosqinchilik); — 165-moddaning 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik); — 173-moddaning 2-qismi (mulknin qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish); — 242-moddaning 1-qismi (jinoyiy uyushma tashkil etish).

Hozirda qo‘lga olingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirilgan. Unga nisbatan uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda Paralimpiya terma jamolari markazi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:57

    O‘zbekistonda Paralimpiya terma jamolari markazi tashkil etiladi

    2026 йилдан Ўзбекистонда Паралимпия терма жамоалари маркази фаолият бошлайди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:38

    '"Elektron retsept" bosqichma-bosqich joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    "Elektron retsept" bosqichma-bosqich joriy etiladi

    Bu Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘ida belgilandi.

    'Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi boʻlganmi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi boʻlganmi

    Хуқуқ-тартибот идоралари версиясига кўра, Юн Сок Ёл Жанубий Корея ҳарбий дронларини Шимолий Корея томон учиришни буюрган.

    'Samarqandda fuqaro gazdan noqonuniy foydalanib, davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2025 21:54

    Samarqandda fuqaro gazdan noqonuniy foydalanib, davlat byudjetiga 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi.

    Ushbu fuqaro xonadonida issiqxona tashkil qilib, gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2025 19:03