AsosiyDunyo

Жидда — Тошкент рейси фавқулодда тиббий ҳолат сабаб Баҳрайнда қўнишга мажбур бўлди

Parvoz vaqtida keksa yoshdagi yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan.

'Жидда — Тошкент рейси фавқулодда тиббий ҳолат сабаб Баҳрайнда қўнишга мажбур бўлди'ning rasmi

“Air Samarkand” aviakompaniyasining Jiddadan Toshkentga uchgan 9S-3306 reysi parvoz vaqtida yo‘lovchilardan birining ahvoli keskin yomonlashgani sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

Ma’lum qilinishicha, parvoz vaqtida keksa yoshdagi yo‘lovchining yuragi to‘xtab qolgan. Samolyot ekipaji — havo kemasi komandiri Roman Degtev va ikkinchi uchuvchi Yegor Smirnov — vaziyatni inobatga olgan holda tezkor qaror qabul qilib, eng yaqin aeroportga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

Qayd etilishicha, bort kuzatuvchilar ekipaji brigadir Svetlana Bolkonskaya rahbarligida qo‘nishgacha yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Samolyot qo‘ngandan so‘ng esa mahalliy shifokorlar tomonidan reanimatsion tadbirlar o‘tkazilib, yo‘lovchining ahvoli barqarorlashtirilgan.

Shundan so‘ng u davolanish uchun mahalliy klinikaga olib ketilgan. Yo‘nilg‘i quyilgandan keyin reys parvozni davom ettirib, taxminan ikki soat kechikish bilan mahalliy vaqt bilan soat 09:49 da Toshkent aeroportiga xavfsiz qo‘ngan.

    Boshqa yangiliklar