AsosiyDunyo

Rossiya elchisining qotilini suratga olgan fotosuratchi o`z harakatlarini izohladi

Turkiyaning Assoaciated Press (AP) agentligi fotosuratchisi Burhan Ozbilichi (Burhan Ozbilici), Anqarada o`ldirilgan Rossiya elchisi Andrey Karlovning qotilini suratga olishini, kasb taqozosi tufayli avtomatik tarzda amalga oshirganligini izohladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Hattoki meni o`ldirib, yarador qilishsa ham o`z vazifamni bajarishim kerak, chunki kasbim jurnalistlikdir.Hodisa ro`y bergan vaqtda fotosuratsiz borsam ishxonamdagilar “surat qani?” deb so`rab qoladiganday, tuyuldi va voqeani suratga oldim”, dedi Burhan Ozbilichi.

Fotosuratchi tasodifan, uyga ketayotganda, ko`rgazmada olgan suratlari Rossiya-Turkiya munosabatlarini yoritishda kerak bo`ladi, deb o`ylab ko`rgazmagan kirgan.

Eslatib o`tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi muxtor elchisi 62 yoshli Andrey Karlov 19 dekabr kuni Anqaraning zamonaviy san`at galereyasida 22 yoshli sobiq polisiya zobiti Mevlyut Mert Altintash tomonidan otib o`ldirildi. U bir necha marotaba o`q uzib: “Alepponi, Suriyani nutmang! Bizning og`alarimiz xavf-xatarda ekan, sizni hech kim himoya qilmaydi! Bu jabr-zulmda ishtirok etgan har bir odam navbati bilan javob beradi!” deb qichqirgan. Hujum qilgan Mevlyut Mert Altintash turk harbiylari tomonidan otib o`ldirildi. Elchidan tashqari yana uch kishi yaralandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar