AsosiyJamiyat

O'zbekiston 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

'O'zbekiston 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi'ning rasmi

Qarorga ko‘ra, musobaqaga tayyorgarlik va uni tashkil etish ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, FIFA talablariga mos infratuzilmani yaratish, ishtirokchilar va muxlislar uchun qulay sharoyitlar ta’minlash, shuningdek, chempionat orqali mamlakating xalqaro nufuzini oshirish ko‘zda tutilgan.

U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha maxsus Tashkiliy qo‘mita tuziladi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Qo‘mita Jahon chempionati ob’ektlarini modernizatsiya qilish, transport, tibbiy xizmat, viza masalalari va volontyorlik faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Toshkentda FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini ochishga rozilik berildi. Jahon chempionati doirasida stadionlar, mashg‘ulot maydonlari, mehmonxonalar va transport infratuzilmasi tayyorlanadi.

Qaror ijrosi ustidan nazorat Bosh vazir va Prezidentning sport bo‘yicha vakiliga yuklatildi.

    Boshqa yangiliklar