"Asia Plus" xabar berishicha, ayni paytda mamlakat sutkasiga 2 million kVt/soatgacha elektr energiyasi olayotgani ma'lum qilingan. O'zbekiston energetika tizimi imkoniyatlari kengaygan taqdirda, yetkazib berish hajmi ham oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Tojikiston Energetika vazirligi Qozog'iston va Turkmanistondan elektr energiyasi yetkazib berish bo'yicha energetika vazirlari darajasida dastlabki kelishuvlarga erishilganini ma'lum qilgan. Hozirda ushbu davlatlardan yetkazib berish bilan bog'liq texnik masalalar hal etilayotgani aytilmoqda.
Tojikiston tashqi bozorlarga faqat mamlakatning janubiy-g'arbiy qismi orqali – O'zbekiston 500 kVli "Regar-Guzar" yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi orqali chiqishi mumkin. Turkmaniston va Qozog'iston energiyasini tranzit qilish uchun O'zbekiston energetika tizimining o'tkazish qobiliyatini inobatga olish talab etiladi.
Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi (BET) doirasida Tojikiston energetika tizimining parallel ishlashi respublika shimolidagi elektr liniyalari mintaqaviy "energiya halqasi"ga ulanaganidan keyin yo'lga qo'yiladi. Respublika BETga to'liq qo'shilishi 2026 yilning birinchi choragida kutilmogda.
Shu bilan birga, Tojikistonda sentyabr oxiridan beri elektr ta'minotida cheklovlar qo'llanib kelayotgani qayd etilgan. Byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari soat 18:00 dan keyin elektrsiz qoladi, ko'cha yoritish tizimlari va elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari belgilangan vaqtda ishlamaydi. Aholi esa ertalab va kechqurun bir necha soatlik ta'minotga ega bo'lgan.
Ta'kidlanishicha, Dushanbe shahrida ham aholi vaqt-vaqti bilan bir necha soat chiroqsiz qolmogda.






