Agentlik ma'lum qilishicha, Namangan viloyatida voyaga yetmagan bolalar ishtirokida noqonuniy diniy ta'lim tashkil etilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan va holat to‘liq nazoratga olingan.
Bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash maqsadida Bosh prokuratura hamda boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda manzilli choralar ko‘rilmoqda.
Hozirda bolalarni qonuniy ta'lim tizimiga qaytarish, ularning ijtimoiy-psixologik holatini baholash, shuningdek, ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish choralari amalga oshirilmoqda.






