AsosiyJamiyat

Navoiyda 10 nafar IIB xodimi ishdan olindi.

Viloyat IIVda o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda xizmat intizomini buzgan xodimlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rildi.

'Navoiyda 10 nafar IIB xodimi ishdan olindi.'ning rasmi

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida IIV vaziri o‘rinbosari rahbarligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsion holatlarning oldini olish va salbiy xatti-harakatlarga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 oyi davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 93 ta salbiy holat sodir etilgan. Natijada 10 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlashtirilgan, yana 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Yig‘ilishda rahbarlarga shaxsiy tarkib ustidan kundalik nazoratni kuchaytirish, xodimlarning xizmat faoliyati, ijtimoiy va ruhiy holatini inobatga olgan holda vazifalar yuklash zarurligi qat’iy ta’kidlandi. Shuningdek, ichki ishlar organlarini yanada professional va xalqchil tizim sifatida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

    Boshqa yangiliklar