AsosiyDunyo

Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov

Prezident mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgani va davlat qarzi keskin kamayganini ma’lum qildi.

'Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov'ning rasmi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov zarurat tug‘ilganda mamlakat butun tashqi qarzini bir kun ichida to‘lash imkoniyatiga ega ekanligini, biroq bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini aytdi. Bu haqda  Zamon.uz nashri ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, 2020 yilda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 54 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizgacha tushgan. Japarov tashqi qarz mamlakat iqtisodiyoti uchun xavf tug‘dirmasligini, kreditlarni muddatidan oldin yopish esa yuqori foiz va jarimalar sababli foydasiz ekanligini ta’kidladi.

Rejalarga ko‘ra, Qirg‘iziston 2035 yilga borib barcha qarz majburiyatlarini to‘liq ado etadi.

Shuningdek, davlat rahbari oltin-valyuta zaxiralari 8,5 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi. Hozirda Qirg‘izistonning umumiy davlat qarzi 8,6 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 5,2 milliard dollari tashqi qarzlardir.

Prezident iqtisodiy o‘sish sur’ati 10 foizga yetganini qayd etib, bu mamlakatni dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlar qatoriga olib chiqayotganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar