AsosiyJamiyat

Prezident Von Shik bilan nima haqida gaplashdi?

Bugun, 17 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi.

'Prezident Von Shik bilan nima haqida gaplashdi?'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakati-mizga kelgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni, jumladan, parlamentlar hamkorligi orqali yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy va parlamentlararo aloqalar jadal tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi hamda Koreyadan, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning soni ortib bormoqda.

Gumanitar va ta’lim almashinuvlari kengaymoqda. O‘zbekistonda Koreya yetakchi universitetlarining to‘rtta filiali, shuningdek, mamlakati-miz hududlaridagi professional ta’lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Infratuzilmani rivojlantirish, transport va logistika, nodir metallar va o‘ta muhim xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, qonun ijodkorligi faoliyatini raqamlashtirish va boshqaruvda ilgor echimlarni joriy etish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi.

Parlamentlararo hamkorlik dasturini ishlab chiqish hamda parlamentlardagi “do‘stlik guruhlari” ishini faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Kelajakdagi oliy darajadagi, jumladan, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasidagi tadbirlarning kun tartibini puxta tayyorlash zarurligi qayd etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil Z avlodiga moʻljallangan kontent uchun 6 million dollarlik shartnoma tuzdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:03

    Isroil Z avlodiga moʻljallangan kontent uchun 6 million dollarlik shartnoma tuzdi

    Isroil hukumati yosh auditoriyaga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan raqamli kontent yaratish uchun AQShdagi mediakompaniya bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

    'Dollar kursi keskin tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:13

    Dollar kursi keskin tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Qo'qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:40

    Qo'qonlik tabib 10 sutkaga qamaldi

    Гувоҳнома муддати тугаганига қарамай, ноқонуний фаолият юритган халқ табобати вакилига нисбатан маъмурий қамоқ жазоси тайинланди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:57

    'Navoiyda 10 nafar IIB xodimi ishdan olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:40

    Navoiyda 10 nafar IIB xodimi ishdan olindi.

    Viloyat IIVda o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda xizmat intizomini buzgan xodimlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rildi.

    'Namanganda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi noqonuniy diniy taʼlim holati oʻrganilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Namanganda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi noqonuniy diniy taʼlim holati oʻrganilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi.