AsosiyBu qiziq

Bugun yomg‘ir qorga aylanadi

18 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

'Bugun yomg‘ir qorga aylanadi'ning rasmi

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda ba’zi joylarda 13-18 daraja sovuqqacha, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi havfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja  iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar