AsosiyBu qiziq

2025 йилда энг кўп чақалоқ қайси ҳудудда туғилди?

Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish qayd etildi.

'2025 йилда энг кўп чақалоқ қайси ҳудудда туғилди?'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—sentabr oylarida mamlakatda jami 664,6 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida kuzatilib, ushbu hududda 80 903 ta chaqaloq tug‘ilgan. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (75 116 ta) va Farg‘ona (74 614 ta) viloyatlari joy olgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 61 128 ta, Andijonda 60 131 ta, Namanganda 57 881 ta chaqaloq tug‘ilgan. Toshkent viloyatida 49 007 ta, Toshkent shahrida esa 47 703 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.

Nisbatan kam tug‘ilish ko‘rsatkichlari Xorazm (33 011 ta), Buxoro (32 624 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (29 523 ta), Jizzax (28 484 ta), Navoiy (18 594 ta) va Sirdaryo (15 879 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump “green kard” lotereyasi dasturini vaqtincha to'xtatdi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 11:34

    Trump “green kard” lotereyasi dasturini vaqtincha to'xtatdi

    AQSHda sodir bo‘lgan ommaviy otishmalar ortidan “green kard” lotereyasi dasturi to‘xtatildi

    'Bugun ham ayrim hududlarda qor yog'adi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 07:55

    Bugun ham ayrim hududlarda qor yog'adi

    19 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

    'Eng xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.12.2025 17:59

    Eng xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

    "Global Peace Index" 2025 hisobotiga ko'ra, dunyoda tinchlik darajasi pasayishda davom etmoqda.

    'Bugun yomg‘ir qorga aylanadi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.12.2025 07:44

    Bugun yomg‘ir qorga aylanadi

    18 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

    '2026 йилда нафақахўрлар учун энг қулай давлат қаер бўлиши айтилди'ning rasmi

    Bu qiziq 17.12.2025 07:19

    'Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘adi?'ning rasmi

    Bu qiziq 17.12.2025 07:07

    Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘adi?

    17 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.