AsosiyJamiyat

Transport vazirligi binosi 187,7 mlrd so‘mga sotildi

Zulfiyaxonim koʻchasida joylashgan Transport vazirligiga tegishli bino ochiq auktsion orqali realizatsiya qilindi.

'Transport vazirligi binosi 187,7 mlrd so‘mga sotildi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, umumiy maydoni 62 sotixni tashkil etgan Transport vazirligi binosi 110,4 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan.

Ochiq auktsionda uch nafar xaridor ishtirok etib, savdo jarayonida narx 14 marta oshirilgan va auktsion bir soatdan ortiq davom etgan.

Natijada mazkur bino Qoraqalpog‘iston Respublikasining "Samarador" kompaniyasiga 187,7 mlrd so‘mga sotilgan.

Qayd etilishicha, "Samarador" kompaniyasi 2017 yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan olingan.

    Boshqa yangiliklar