AsosiyJamiyat

Andijonda qariyb 12,5 mlrd so‘mlik oltin quymalar kontrabandasi chek qo‘yildi.

“Do‘stlik” chegarа bojxona posti yaqinida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oltinlarni yashirin olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

'Andijonda qariyb 12,5 mlrd so‘mlik oltin quymalar kontrabandasi chek qo‘yildi.'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, “Do‘stlik” chegarа bojxona posti yaqinida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.T. to‘xtatilib, unga tegishli xo‘jalik qopi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida temir qoplama avtomobil ehtiyot qismlari ichiga yashirilgan jami 7 kg 784 gramm oltin bo‘laklari aniqlandi.

Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning umumiy qiymati 12 milliard 465 million so‘mdan oshadi. Aniqlanishicha, oltinlar Toshkent shahridan yuborilgan bo‘lib, Qirg‘izistondagi shaxsga yashirin yo‘l bilan etkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda oltinning haqiqiy egalari aniqdanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:13

    Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi maʼlum qilishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga xos “Toshkent toʻy oshi” davlat roʻyxatiga geografik koʻrsatkich sifatida kiritildi.

    'Dollar rasmiy kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:28

    Dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Turkiyada litseyda qurolli hujum: o‘nlab kishilar jarohatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:44

    Turkiyada litseyda qurolli hujum: o‘nlab kishilar jarohatlandi

    Hozir vaziyat to‘liq nazorat ostida. Hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov ishlari olib borilmoqda.

    '"El-yurt umidi" stipendiati vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:54

    "El-yurt umidi" stipendiati vafot etdi

    Buni jamg‘arma matbuot kotibi Elvina Mustafina Drakchi.uz’ga ma’lum qildi.

    'Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:35

    Sirdaryoda sudya pora bilan ushlandi

    Sirdaryo viloyatida iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudya katta miqdorda pora olganlikda gumonlanib, tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

    'Samarqandda yashirin spirt sexi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Samarqandda yashirin spirt sexi fosh etildi

    Samarqand viloyatining Jomboy tumanida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi, katta miqdordagi mahsulotlar musodara qilindi.