AsosiyDunyo

Россия урушга 200 дан ортиқ ҳиндистонликни ёллагани айтилди

Hindiston hukumat maʼlumotiga koʻra, Ukrainaga qarshi janglarda kamida 26 nafar Hindiston fuqarosi halok boʻlgan, yana 7 nafari bedarak yoʻqolgan.

'Россия урушга 200 дан ортиқ ҳиндистонликни ёллагани айтилди'ning rasmi

Rossiya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Hindistonning 200 nafardan ortiq fuqarosini yollagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri The Indian Expressga tayanib xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 100 nafardan ortiq hindistonlik vatanga qaytarilgan. Ayni paytda Moskva bilan yana qariyb 50 nafar fuqaroni Hindistonga olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Jabrlanganlarning yaqinlari yollash jarayoni vositachilar orqali amalga oshirilganini aytmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar Rossiyada yuqori maoshlı, qonuniy ish va qulay yashash sharoitlari va’dasi bilan jalb qilingan, biroq Rossiyaga borgach, mazmunini tushunmagan rus tilidagi shartnomalarni imzolashga majbur bo‘lgan va jangovar hududga yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya tomonida urushda nafaqat hindistonliklar, balki Nepal, Somali, Suriya, Kuba, Serbiya, Shri-Lanka, Xitoy hamda ayrim Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ham yollanma jangchi sifatida qatnashmoqda.

    Boshqa yangiliklar