O'zgidrometning xabar berishicha, 20 dekabr kuni Toshkentda havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog'adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. G'arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 1–3 daraja iliq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, biroz qor yog'adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. G'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, biroz yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lib, tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. G'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0–5 daraja sovuq, cho'l hududlarining shimolida 6–8 darajagacha sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lib, tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. G'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lib, tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. G'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yomg'ir yog'ib, tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. G'arbdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo'ladi.
Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog'adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo'llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko'chishi havfi bor. G'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo'ladi.






