Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida tadbirkorning to‘yxona binosini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “T.G.” xususiy korxonasi rahbari D.K.ning ishonchiga kirishgan.
Shundan so‘ng, ushbu shaxs korxonani MChJ sifatida o‘zining nomiga 100 foiz yakka ta’sischi va rahbar sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga erishgan va tadbirkor D.K.ning to‘yxona binosini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlikni nazarda tutuvchi moddasiga asosan ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmogda.






