AsosiyJamiyat

Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyevni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov kutib oldi.

'Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi'ning rasmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.

“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston yetakchisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida kuzatuvchi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibidan mazkur koʻp tomonlama birlashmalar doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bogʻliq dolzarb masalalar oʻrin olgan.

Anʼanaga koʻra, birgalikda amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:17

    Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

    21 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Toshkentda ikki avtobus orasida qolib ketgan haydovchi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 21:52

    Toshkentda ikki avtobus orasida qolib ketgan haydovchi vafot etdi

    Avtobus haydovchisi to‘xtab turgan avtobusdan qo‘l tormozini tortmasdan tushib, old tomoniga o‘tgan.

    'Farg‘onada Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan 49 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 21:02

    Farg‘onada Rossiya tomonida harbiy harakatlarda qatnashgan 49 yoshli o‘zbekistonlik sudlandi.

    Fuqaro bu ishidan pushaymonligini bildirgan. Sud hukmiga ko‘ra u…

    'Qoraqalpogʻistonda tadbirkorning toʻyxonasini oʻz nomiga rasmiylashtirib olgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 19:46

    Qoraqalpogʻistonda tadbirkorning toʻyxonasini oʻz nomiga rasmiylashtirib olgan shaxs aniqlandi

    Ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

    'Oʻzbekistonda Yaponiyaning Sukuba universiteti faoliyat boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 14:52

    Oʻzbekistonda Yaponiyaning Sukuba universiteti faoliyat boshlaydi

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bilan ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.