AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn xaritada tekshirish mumkin

O‘zbekistonda qurilayotgan ob’yektlar haqida ma’lumot olish uchun onlayn-xarita ishga tushdi.

'Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn xaritada tekshirish mumkin'ning rasmi

Buning uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan yaratilgan DShQ.shaffofqurilish.uz platformasiga kirish lozim. Saytda foydalanuvchi tanlagan hudud, masalan, Farg‘ona viloyati yoki ma’lum bir tuman, interaktiv xaritada alohida ranglar bilan ajratilgan zonalar ko‘rinishida aks etadi.

Unda barcha qurilayotgan ob’ektlar uch toifaga ajratilgan:

qizil — qurilishi to‘xtatilgan;

ko‘k — qurilish jarayonida bo‘lgan;

qora — muzlatilgan (bekor qilingan) qurilish loyihalari.

Foydalanuvchilar ob’ektlarni kadastr ma’lumotlari orqali qidirishi, shuningdek, sohalar bo‘yicha saralash mumkin. Noqonuniy qurilish ob’ektlari alohida ajratilib, aniqlandan qoidabuzarliklar ko‘rsatilgan. Har bir ob’ekt ustiga bosish orqali uning rejalashtirilgan rivojlanish yo‘nalishlari, infratuzilma o‘zgarishlari va boshqa muhim ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Xaritani oddiy yoki sputnik rejimida ko‘rish imkoniyati bor.

Bundan tashqari, QR pasportni ko‘rish tugmasini bosib yoki QR-kodni telefon orqali skanerlab, ob’ektga oid hujjatlarni ko‘rish va ushbu hujjatlar orqali binoning necha qavatdan iborat bo‘lishi, maydoni, unga sarflanayotgan mablag‘ haqida ham barcha ma’lumotlarni olish mumkin.

Undа qurilishga ruxsat olingan sana, loyiha va pudrat tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar, ekspertiza xulosalari va arxitektura-shaharsozlik kengashi qarorlari raqamlari, qurilish ishlarining taxminiy tugallanish muddati ham aks ettirilgan.

Ushbu platforma orqali yer, uy yoki boshqa binolarning qizil chiziqqa, ya’ni buzilishga tushgan-tushmaganini ham aniqlish mumkin. Buning uchun ob’ekt kadastr raqamini kiritish lozim. Xaritada uning joylashuvi va ma’lumotlari ko‘rinadi. Agar buzilishga tushgan bo‘lsa, mana bu ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni ustida qizil chiziq aks etadi (ushbu ob’ekt joylashgan yerdan yo‘l o‘tadi).

Agar hudud bosh rejasi hali tasdiqlanmagan yoki ko‘rilmoqchi bo‘lgan ob’ekti Kadastr agentligining UzKad tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, hozircha yer, uy yoki boshqa binolarni qizil chiziqqa tushgan-tushmaganini ko‘rib bo‘lmaydi. Jarayon yakunlangach, bemalol aniqlish mumkin.

Xaritada ob’ektlarning seysmik darajasini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda yashash xonadonida psixotrop va giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:44

    'Fargʻonada ikki ayol mast holida jamoat tartibini buzdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:58

    Fargʻonada ikki ayol mast holida jamoat tartibini buzdi

    Ayollarga qonuniy chora koʻrish maqsadida ish materiallari sudga yuborilgan.

    'Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:08

    Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi

    Shavkat Mirziyoyevni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov kutib oldi.

    'Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:17

    Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

    21 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Toshkentda ikki avtobus orasida qolib ketgan haydovchi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2025 21:52

    Toshkentda ikki avtobus orasida qolib ketgan haydovchi vafot etdi

    Avtobus haydovchisi to‘xtab turgan avtobusdan qo‘l tormozini tortmasdan tushib, old tomoniga o‘tgan.