2025 yilda Saudiya Arabistonida kamida 347 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi, bu 2024 yil ko‘rsatkichidan oshib, mamlakat tarixidagi eng qonli yil sifatida qayd etildi. Bu haqda BBC news ma’lum qildi.
Ko‘plab jazolar giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qo‘llanilgan, shuningdek jurnalistlar, yoshlar va ayollar ham jazoga tortilgan.
Ekspertlar, Saudiya hukumatining bu chorasini inson huquqlariga zid va “siyosiy xabar berish” maqsadida qilingan deb atamoqda.
UN va huquq tashkilotlari mamlakatni o‘lim jazolarini to‘xtatishga chaqirgan, ammo Saudiya ma’muriyati javob bermagan.
Oilalarga ko‘pincha jazolar oldindan bildirilmaydi va qaerga dafn qilinganligi sir saqlanadi.






