“Qazgidromet” ma’lumotlariga tayanib xabar berilishicha, noyabr oyining ikkinchi yarmida mamlakatning turli hududlarida maksimal havo harorati bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan. Xususan, 14 noyabr kuni Aqto‘be viloyatidagi meteorologiya stansiyasida havo harorati +13,2 darajaga etib, 2023 yilda qayd etilgan avvalgi rekorddan oshib ketgan. Oradan bir kun o‘tib, 15 noyabrda bu ko‘rsatkich yana yangilanib, +11,4 darajani tashkil etgan.
Shimoliy va markaziy hududlarda ham nooddiy iliq ob-havo kuzatilgan. Ko‘kshetau shahrida 19 noyabr kuni +8,3 daraja qayd etilib, 1977 yilgi rekord ortda qoldirilgan. 23 noyabr kuni esa havo +5,2 daragacha isigan.
Jezqazg‘an shahrida uch kun ketma-ket — 24–26 noyabr kunlari maksimal harorat bo‘yicha yangi rekordlar qayd etilgan. Qarag‘anda shahrida esa 26 noyabr kuni +9,4 daraja harorat kuzatilib, bu 1971 yilgi ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.
Shuningdek, sinoptiklar noyabr oyida ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik, qor, tuman, muzlama va bo‘ronli shamollar kuzatilganini ma’lum qildi. Ayrim joylarda qisqa muddatda oylik yog‘in me’yorining yarmiga yaqin qismi yog‘qani qayd etilgan.






