2025 yilda ichki ishlar tizimida xizmat vazifasini bajaryotgan 6 nafar xodim halok bo‘lgan, 131 nafari esa jiddiy tan jarohati olgan. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilga nisbatan qotillik 60 tadan 31 taga kamaygan, yo‘l-transport hodisalari 9365 tadan 8738 taga tushgan. Shu bilan birga, nomusga tegish jinoyatlari 359 tadan 381 taga ko‘paygan.
Bundan tashqari, endi IIB xodimlari ustidan qilinadigan har qanday murojaat favqulodda holat sifatida ko‘riladi va 102 qisqa raqamiga kelgan murojaatga tuman yoki viloyat rahbari shaxsan javob beradi.
2025 yilda IIB xodimlari tomonidan sodir etilgan 87 jinoyatning 75 foizi vazirlik tashabbusi bilan aniqlandi, prokuraturaga yuborilgan.






