Tojikiston hukumat Rossiyada maktabda fojiali tarzda halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning onasi Nilufar Safoyevani uy bilan ta’minladi. Bu haqda bolaning qarindoshlari 22 dekabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
Qarindoshlardan biri Sherzod Alizodaning aytishicha, uy mamlakat hukumat nomidan berilgan, biroq uni taqdim etgan aniq davlat organi ochiqlanmagan. Shuningdek, Asia-Plus nashriga ma’lumot bergan manbaga ko‘ra, 22 dekabr kuni ertalab qator yuqori martabali amaldorlar Aliyevlar oilasi xonadoniga tashrif buyurib, hamdardlik bildirgan.
Oila a’zolari jamoatchilikka murojaat qilib, hozirda pul yig‘ishga ehtiyoj yo‘qligini, Qobiljonning onasi nomiga ochilgan bank hisob raqami yopilganini bildirgan. Ular fuqarolardan turli hisob raqamlariga mablag‘ o‘tkazmaslikni so‘ragan.
Ayni paytda Qobiljonning jasadi olib chiqilgan uy oldi odamlar bilan gavjum bo‘lib, mamlakatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar oilaga hamdardlik bildirishda davom etmoqda.






