AsosiyJamiyat

"Andijon" OFK Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunladi

Jamao guruhi bosqichining so‘nggi turida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashdi.

'"Andijon" OFK Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunladi'ning rasmi

24 dekabr kuni “Andijon” OFK Chempionlar ligasi–2 guruhi bosqichi 6-turida Qatarda “Al-Ahli” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv 0:2 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Al Tumama” stadionidagi bahsda Michel Vlap 26-daqiqada hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda esa (65-daqiqa) yana bir gol muallifiga aylandi. Shu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng “Andijon” “B” guruhida 6 o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida raqib ustun bo‘lganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar