Ohangaron shahar sudida M. T. (1994 yilda tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sud qaroriga ko‘ra, u 2016 yilda tug‘ilgan S. X.ga nisbatan jinsiy zo‘rilik bilan g‘ayritabiiy ehtiyojni qondirishda aybli deb topildi va 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
M. T. retsidivist sifatida e‘tirof etildi. Jazo muddatining dastlabki 2 yili turmada, qolgan qismi maxsus tartibli koloniyada o‘tkazilishi belgilandi.
Sud hukmi yopiq majlisda e‘lon qilindi, apellyatsiya va kassatsiya tartiblari qonuniy ravishda ta’minlangan.






