AsosiyJamiyat

To‘qayev: xalqaro nizolarda vositachi bo‘lish istagim yo‘q

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hozirgi global beqarorlik sharoitida xalqaro nizolarda vositachilik qilishni istamasligini bildirdi.

'To‘qayev: xalqaro nizolarda vositachi bo‘lish istagim yo‘q'ning rasmi

Bu haqda u "Turkistan" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

To'qayevning ta'kidlashicha, Qozog'iston Yevroosiyo markazida joylashgan davlat sifatida xalqaro masalalar bo'yicha o'z muvozanatli pozitsiyasiga ega bo'lishi shart. U BMT Bosh Assambleyasida tashkilotni isloh qilish masalasida mamlakat pozitsiyasini ochiq bayon qilganini eslatgan.

Prezident aytishicha, ayrim davlatlar bosimiga qaramay, u nizolarni hal etishda ommaviy vosita bo'lishni ham, BMTga qaytishni ham rejalashtirmayapti.

Shu bilan birga, To'qayev yopiq maslahatlashuvlar va norasmiy muhokamalarda ishtirok etishni davom ettirishini, bunday ishlarni populizmsiz, sahna ortida olib borishni ma'qul ko'rishini ta'kidlagan.

    Boshqa yangiliklar