5 yanvar kungi savdolarda Brent markali neft narxi 0,7 foizga pasayib, bir barrel 60,33 dollarni tashkil etdi. WTI (West Texas Intermediate) nefti esa 0,54 foizga arzonlashib, 56,01 dollargacha tushdi.
Bozor ishtirokchilari Trumpning AQSh kompaniyalari Venesuelaga kirib, vayron bo‘lgan neft infratuzilmasini tiklab, milliardlab dollar sarmoya kiritishi haqidagi va’dalaridan so‘ng global bozorda neft taklifi oshishini kutmoqda.
Shu omil narxlarning pasayishiga olib kelgani qayd etilmoqda.






