Eronda norozilik namoyishlari davomida taxminan 2000 nafarga yaqin kishi halok bo‘lgan. Bu haqda 13 yanvar kuni "Reuters" agentligi manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashr ma'lum qilishicha, shaxsini oshkor etmaslikni so‘ragan eronlik rasmiy suhbat davomida qurbonlar orasida ham namoyishchilar, ham havfsizlik xodimlari borligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘limlar ortida "terrorchilar" turgan, biroq aniq kimlar halok bo‘lgani ochiqlanmagan.
Ayni paytda mamlakatda vaziyat nisbatan barqarorlashgan bo‘lsa-da, to‘liq tinchlik o‘rnatilmagan. Iqtisodiy qiyinchiliklar sabab kelib chiqqan tartibsizliklar so‘nggi uch yil ichida Eron uchun eng jiddiy ichki inqirozga aylanganiga ta'kidlanmoqda.






