AsosiyJamiyat

Andijonda 23 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Andijon shahrida 23 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishga urinagan, holat huquq-tartibot idoralari tomonidan bartaraf etilgan.

'Andijonda 23 yoshli qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida bir qiz ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 yanvar kuni soat 08:00 atrofida Andijon tumanida yashovchi 23 yoshli qiz ruhiy holati o‘zgargani sabab Andijon shahri Ishchilar mahallasi hududidagi Navoiy shoh ko‘chasi ustida joylashgan ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tezkor-tergov guruhi va hamkor tashkilotlar xodimlari tomonidan mazkur ko‘ngilsiz holatning oldi olingan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar