AsosiyDunyo

Taftish.uz’ning 4 nafar xodimi qo‘lga olindi

To‘rt nafar shahs tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib ushlangan.

'Taftish.uz’ning 4 nafar xodimi qo‘lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, Taftish.uz sayti bilan bog‘liq to‘rt nafar shaxs tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib ushlangan.

Bugun, 16 yanvar kuni “Taftish.uz” ommaviy axborot vositasiining to‘rt nafar xodimi tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberayev hamda “Taftish.uz” xodimlari — 1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev, 2000 yilda tug‘ilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova va 1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonov protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ularning qo‘shimcha ravishda Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) va 244-6-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Shu bilan birga, “Taftish.uz” ommaviy axborot vositasi yopilgani haqidagi xabarlar asossiz ekani, nashr o‘z kundalik faoliyatini davom ettiratgani ma’lum qilindi. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 5 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:59

    Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 5 yilga qamaldi

    Seul sudi harbiy holat joriy etish va tergovga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq ish bo‘yicha sobiq prezident Yun Sok Yolni besh yilga ozodlikdan mahrum etdi.

    'Yaqin Sharq davlatlari AQShni Eronga zarbadan qaytarishga urinmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:11

    Yaqin Sharq davlatlari AQShni Eronga zarbadan qaytarishga urinmoqda

    AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari Eronga ehtimoliy harbiy zarba butun mintaqani qamrab oluvchi urushga aylanishidan xavotir bildirib, Vashingtonga diplomatik bosimni kuchaytirmoqda.

    'AQShdagi mavsumiy ishchilar dasturiga O‘zbekistonni kiritish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 17:36

    AQShdagi mavsumiy ishchilar dasturiga O‘zbekistonni kiritish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda mavsumiy ishchilar jalb qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni kiritish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni topshirdi.

    'Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuboradi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 08:43

    Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuboradi

    NATO davlatlari razvedka missiyasi doirasida Arktikada xavfsizlikni o‘rganishni rejalashtirmoqda.

    'AQSh Gʻazo boʻyicha rejani ikkinchi bosqichga oʻtkazdi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 07:39

    AQSh Gʻazo boʻyicha rejani ikkinchi bosqichga oʻtkazdi

    Vashington G‘azodagi urushni tugatishga qaratilgan strategik rejaning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi, biroq birinchi bosqichdagi asosiy bandlar hanuz bajorilmagan.

    'Trump Venesuelaning yangi rahbari bilan ilk bor muloqot qildi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2026 06:58

    Trump Venesuelaning yangi rahbari bilan ilk bor muloqot qildi

    AQSh prezidenti Donald Trump Venesuelaning muvaqqat yetakchisi Delsi Rodriges bilan telefon orqali gaplashib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.