AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Yaqin Sharq boʻyicha Tinchlik kengashiga taaʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyor

AQSh Prezidenti Donald Trump O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish taklifi bilan murojaat qildi.

'Oʻzbekiston Yaqin Sharq boʻyicha Tinchlik kengashiga taaʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyor'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llagan maktubida Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif bildirgan. Mazkur tashabbus 2025 yil 29-sentabrda e’lon qilingan bo‘lib, u G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks reja asosida ishlab chiqilgan va BMT Xavfsizlik Kengashining 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan.

Tashabbus doirasida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlatlarni birlashtiruvchi yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashini tashkil etish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonga usbu kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev javob maktubida O‘zbekiston mazkur tashabbusni Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik nizolarni hal etish yo‘lidagi muhim qadam, deb baholab, Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyor ekanini bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:51

    Sheyx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti - 2026 gʻoliblari maʼlum boʻldi

    Bugun Abu-Dabida nufuzli Zayed Award for Human Fraternity xalqaro mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.

    'Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:17

    Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”

    AQSh prezidenti Donald Tramp Norvegiya bosh vaziriga yo‘llagan maqtubida Nobel tinchlik mukofotini olmagani sabab o‘z pozitsiyasini qat’iylashtirganini aytdi hamda Grenlandiya masalasini yana ko‘tardi.

    'Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:03

    Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi

    Chilining janubiy hududlarida davom etayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 ming nafar aholi evakuatsiya qilindi.

    '"Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 19:52

    "Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?

    Россияда "рус дунёси" мафкурасининг асосий назариячилари қаторида тилга олинадиган Александр Дугин яна собиқ СССР ҳудудида ташкил топган давлатлар суверенитетини очиқ инкор этувчи баёнот билан чиқди.

    'Navoiyda 1000 dollar evaziga IOOga ishga kiritib, “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 15:46

    Navoiyda 1000 dollar evaziga IOOga ishga kiritib, “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

    Gumonlanuvchi pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

    '"Qarshi neft bazasi" rahbari ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 10:04

    "Qarshi neft bazasi" rahbari ishdan olindi

    Ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun “Qarshi neft bazasi” rahbari lavozimidan ozod etildi.