AsosiyDunyo

Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda yangi — Respublika vitse-prezidenti lavozimi tashkil etilishini ma’lum qildi.

'Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etiladi'ning rasmi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 20 yanvar kuni Milliy qurultoydagi nutqi davomida mamlakatda vitse-prezident lavozimi joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda “Nur Kazakhstan” xabar berdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, vitse-prezident prezident tomonidan parlament roziligi bilan tayinlanadi. Yangi lavozim egasi prezident topshirig‘iga binosan xalqaro forumlarda va xorijiy delegatsiyalar bilan muzokaralarda Qozog‘iston manfaatlarini ifodalashi, parlamentda prezident pozitsiyasini himoya qilishi hamda mahalliy va qo‘shma ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, vitse-prezident davlat rahbari tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni ham bajaradi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, vitse-prezidentning xizmat vakolatlariga oid ushbu qoidalar mamlakat Konstitutsiyasida o‘z aksini topishi lozim.

Yangi lavozim joriy etilishi munosabati bilan boshqaruv tizimida qator o‘zgarishlar ham rejalashtirilgan. Xususan, davlat maslahatchisi lavozimi tugatiladi, shuningdek, parlament faoliyatini ta’minlovchi ayrim apparat tuzilmalarini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:10

    Farg‘onada 15 yoshli bola o‘zini tomdan tashladi

    Marhumning onasi 2025 yil 25 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va bola opa-ukalari bilan tog‘asining qaramoq‘ida qolgan.

    'Trump Ash-Shara bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:55

    Trump Ash-Shara bilan nimani muhokama qildi?

    Suriya Prezidenti Ahmad ash-Shara Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Makronning qora koʻzoynagi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:49

    Makronning qora koʻzoynagi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻldi

    So‘nggi kunlarda Fransiya prezidenti Emmanuil Makron Yelisey saroyida quyoshdan himoyalovchi qora ko‘zoynakda paydo bo‘ldi.

    'Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi sanasi belgilandi'ning rasmi

    Dunyo 19.01.2026 11:00

    Chorvoqdagi Sea Breeze kurorti loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi sanasi belgilandi

    Bo‘stonliq tumanida Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turistik markazi loyihasining atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

    'Ispaniya janubida ikki tezyurar poyoz toʻqnashib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 19.01.2026 10:11

    Ispaniya janubida ikki tezyurar poyoz toʻqnashib ketdi

    Hodisa ortidan kamida 21 kishi halok bo‘ldi.

    'Pierce Morgan Trumpning Grenlandiya rejalariga kinoya bilan javob qaytardi.'ning rasmi

    Dunyo 19.01.2026 08:15

    Pierce Morgan Trumpning Grenlandiya rejalariga kinoya bilan javob qaytardi.

    Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan AQSh prezidenti Donald Trumpning Grenlandiya haqidagi bayonotlarini maskhara qilib, Buyuk Britaniya Qoʻshma Shtatlarni "qayta sotib olishi" kerakligini aytdi.