AsosiyJamiyat

Мўлжалланмаган автомобилларни миллиардлаб сўмга сотган эркакка ҳукм ўқилди

Telegram orqali yuzlab fuqarolarni aldab, qariyb 5 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxs 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

'Мўлжалланмаган автомобилларни миллиардлаб сўмга сотган эркакка ҳукм ўқилди'ning rasmi

Mavjud bo‘lmagan avtomobillarni arzon narxlarda sotishni va’da qilib, yuzlab fuqarolarni aldagan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida tug‘ilgan, 1999 yilda tug‘ilgan M.A. Telegram messenjerida “Yolg‘iz bo‘ri” nomi bilan akkaunt ochib, avtomobillar savdosiga oid kanallarda o‘ziga tegishli bo‘lmagan qimmatbaho mashinalar sotilayotgani haqida e’lonlar joylashtirgan. Xususan, BYD va Toyota Prado rusumli avtomobillar arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilingan.

Ishonch uyg‘otish maqsadida u avtomobillarning ishlab chiqarilgan yili, bosib o‘tgan masofasi va texnik holati haqida batafsil ma’lumotlar berib, internet va uchinchi tomon manbalaridan olingan fotosuratlar asosida videolar tarqatgan.

Firibgar salonlarda 80–90 ming dollar turadigan avtomobillarni 50 ming dollarga taklif qilib, xaridorlardan 2 ming dollardan 5 ming dollargacha boshlang‘ich to‘lov o‘tkazishni talab qilgan. Pullar uchinchi shaxslar nomiga ochilgan virtual hisoblarga o‘tkazilgandan so‘ng esa u muloqotni to‘xtatib, yozishmalarni o‘chirib tashlagan.

Natijada u fuqarolarga jami 4 mlrd 800 mln so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan. Sud hukmi bilan M.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar